Zarafshon shahar "Oltin Vodiy" madaniyat uyida 1-oktabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan bayram tadbirida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlari, taʼlim sohasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov soʻzga chiqib, taʼlim sohasi vakillarini kasb bayramlari bilan tabrikladi. Shuningdek, oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarga shahar hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari topshirildi. Tadbir koʻtarinki ruhda davom etib, ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbir ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi