YANGI ZARAFSHON MAHALLASIDA "OBOD XONADON", " OBOD KOʻCHA", "OBOD MAHALLA" MEZONI AMALDA
Shtab yigʻilishidan soʻng, shahar hokimi rahbarligida tegishli masʼullar ishtirokida mahalla hududidagi xonadonlarda uyma-uy yurishib, manzillarda boʻlishdi. "Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezoni asosida xonadonlarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar masʼullarga tushuntirildi. Barcha zaruriy kuch-vositalar mahalla obodligi uchun qaratilishi belgilandi.