✅ Yangi Zarafshon mahallasini obod va fayzli manzilgohlardan biri bo'lishi uchun olib borilayotgan sa'y harakatlar davom etmoqda.
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov va sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari, mas'ullar piyoda uyma uy yurib, "Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezonlari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, xonadonlar obodligi, mahalla rivoji uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirmoqda.