













Xususan, Yangi Zarafshon mahallasida ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshmoqda. Mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda, aholini toza ichimlik suv tarmogʻi bilan taʼminlash, yoʻllarni asfaltlab, ravon qilish, xonadonlar, koʻchalarda taʼmirlash, qurilish ishlari davom etmoqda. Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov boshchiligidagi shtab ishchi guruh vakillari Abay koʻchasida boʻlib, uyma uy koʻchalarda yurib fuqarolar xonodonlarida, mahalladagi ichki koʻchalarda, manzillarda belgilangan ishlarni nazorat qildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqotlar qilinib, murojaat va takliflari oʻrganildi.Tegishli masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Ayni vaqtda, Abay koʻchasidagi yoʻllarda tekislash, asfaltlash ishlari uchun tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda