Zarafshon shahar "Yangi Zarafshon" mahallasida 15-oktabr kuni "Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezoni asosida ishlab chiqilgan yoʻl xaritasining 36-band ijrosi yuzasidan targ‘ibot va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
"Yangi Zarafshon" mahallasidagi xonadonlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini olib borilishi yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari L.Tursunova, Viloyat kengashi deputati S.Tumishova tomonidan tushuntirishlar olib borildi.