













Tadbirda shahar hokimi soʻzga chiqib, shahrimizda amalga oshirilgan ushbu istiqbolli loyiha natijasida yangidan yangi ish oʻrinlari yaratilib, aholi bandligi taʼminlanishi bilan bir qatorda, xorijlik va mahalliy mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi xususida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, tadbirkorning kelgusi faoliyatiga zafarlar tilandi. Tadbir davomida shahar imom-xatibi tomonidan Qur'on tilovat qilinib, duolar qilindi. Dasturxonga milliy taom - osh tortildi.
Ochilish tadbiri davomida tadbirkor tomonidan 2 nafar bolajonlarning xatna to'ylari o'tkazilib, esdalik sovg'alar ulashildi.
Maʼlumot oʻrnida, shahrimizda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish maqsadida investitsion dastur doirasida ishga tushgan mazkur uch yulduzli mehmonxona 3 qavatli, 100 o‘ringa mo‘ljallangan 40 ta xonadan iborat. Mehmonxona ishga tushishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, xotin-qizlar va yoshlar bandligi ta’minlandi.