DataLife Engine / ZARAFSHON SHAHAR MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI YIG‘ILISHI O'TKAZILDI

ZARAFSHON SHAHAR MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI YIG‘ILISHI O'TKAZILDI

Bugun, Zarafshon shahar hokimligi kichik majlislar zalida shahar hokimi – shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi Nazirbek Rahmanov, Navoiy viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari A.Muqimov, kengash a'zolari, mutasaddi tashkilot rahbarlari, shahar MMTB rahbarlari ishtirokida shahar ma'naviyat va ma'rifat Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida shahar hokimi – shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi Nazirbek Rahmanov, Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari A.Muqimov so‘zga chiqib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Hamda sohadagi ustuvor vazifalar belgilanib, tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. 
24-10-2023, 08:50
Вернуться назад