"Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla" mezonlari asosida Yangi Zarafshon mahallasida aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash ishlari tizimli tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi "2023-2024-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-52-sonli Qaroriga asosan Yangi Zarafshon mahallasida 2,5 km elektr uzatish tarmog'i va 1 dona transformator punkti yangidan qurildi. Shuningdek, 1,8 km elektr uzatish tarmog'i rekonstruksiya qilindi. 2 km elektr uzatish tarmog'i va 2 ta transformator punkti mukammal ta'mirlandi.