

















Tadbir avvalida Zarafshon shahar hokimi o'rinbosari L.Tursunova so'zga chiqib, kеyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o'rni, roli va nufuzini oshirishga qaratilgan kеng ko'lamli ishlar olib borilayotganligini ta'kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlov ishtirokchilari 3 ta shart, turli nominatsiyalar bo'yicha bellashishdi.
Xususan, yuqori natija bilan shahar tibbiyot birlashmasi xodimi R. Hamdamova faxrli birinchi o'rinni egallab, "O'z kasbining ustasi" nominatsiyasi bilan taqdirlandi. Shuningdek, "Yilning eng yaxshi ustozi", "Yilning vatanparvar ayoli" va boshqa nominatsiyalar egallagan xotin-qizlar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi. Tadbir davomida "Yulduz" madaniyat markazining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan musiqalar ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.