
Oʻrganish jarayonida joriy yilning 3-choragida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida "Bahor" savdo kompleksi hududida mavjud xato va kamchiliklar tadbirkorlik subyektlari tomonidan bartaraf etilganligi aniqlandi.
Eslatib oʻtamiz, "Reklama toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatilishi belgilab qoʻyilgan.
Batafsil: https://lex.uz/docs/-6052631
Hurmatli tadbirkorlar!
Savdo faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi reklama va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishingizni soʻraymiz.