



















Dastlabki manzil 11-sonli umumta'lim maktabi bo'ldi.
Tashrif davomida ta'lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, o'quv xonalarida isitish tizimlari holati, dars jarayonlari, “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko'zdan kechirildi. Mas'ullarga bu borada tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov va sektor rahbarlari navbatdagi manzil - "Alvongul" nomli 17-sonli DMTT ga bordi.
Amalga oshirlishi lozim bo'lgan ishlar - kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, obodonlashtirish, ta'lim muassasasidagi sanitariya ishlari holatlari nazorat qilindi. Yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, barcha ishlarni tizimli va izchil tashkil etish bo'yicha ko'rsatma va topshiriqlar berildi.