Zarafshon shahar "Oltin Vodiy" madaniyat uyida tashkil etilgan bayram tadbirida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlari, tashkilot rahbarlari, faxriylar, ichki ishlar tizimida mehnat qilayotgan xodimlar va oila a'zolari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida shahar hokimi soʻzga chiqib, soha vakillarini bayram bilan tabrikladi hamda sharafli va mashaqqatli mehnatlarini eʼtirof etdi. Tadbirda oʻzlarining samarali ish faoliyati bilan hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlarga diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tadbir davomida isteʼdodli xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar va namoyish etilgan chiqishlar ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.