








Bugun, 3-sektor hududidagi "Istiqlol" mahallasida shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari D.Bahronova, shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari F.Imomov, IIB JXX XPB ijtimoiy profilaktika katta inspektori J.Usmanovlar tomonidan mahalla faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda fuqarolar o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tdi.