Mamlakatimiz boʻylab keksalarning sayohat qilishini ragʻbatlantirish maqsadida har yili 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” oʻtkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan zarafshonlik bir guruh nuroniy otaxonlar va onalarning Samarqand shahriga ziyoratlari tashkil qilindi.
Sayohat davomida qutlug‘ qadamjolarda bo‘lib, ziyorat amallarini bajo keltirishdi.
Shuningdek, Qur’on tilovat qilinib, ezgu niyatlar bilan duolar qilindi.
"Nuroniylar" jamgʻarmasi Zarafshon shahar boʻlimi raisi H.Ernafasov