Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari L.Tursunova tomonidan shahar Tibbiyot birlashmasida onalar va bolalarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, sog'lom bola tug'ilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi. Tibbiyot xodimlar bilan uchrashib, sohada amalga oshirilishi zarur ishlar yuzasidan vazifalar belgilandi.