Xabaringiz bor, Zarapetyan ko'chasini ta'mirlash, qatnov qismini kengaytirish, yo'l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, yo'l chetlarida obodonlashtirish, kuzgi daraxt ko'chatlarini o'tqazish, yo'lning qatnov qismini kengaytirish, asfaltlash ishlari olib borilmoqda.