Bugun, "Xalqaro bag‘rikenglik kuni" munosabati bilan Zarafshon shahar "Yulduz" madaniyat markazida "O‘zbekiston bag‘rikeng diyor" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Xakimov ochib berib, mamlakatimizda bag‘rikenglik va insonparvarlik tamoyillari asosida tinchlik, totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Bundan tashqari tadbirda shahar ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari D.Bahronova, shahar hokimligi din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis A.Xamdamov, "Oltin vodiy" gazetasi bosh muharriri G.Bobomurodova, milliy madaniyat markazlar, umumta'lum maktabi direktorlari va yoshlar ishtirok etdi.