

Shahrimizda ushbu madaniy-ma'rifiy tadbirlarni munosib tarzda o'tkazish va unga tayyorgarlik ko'rish maqsadida yig'ilish o'tkazilib, uni shahar hokimi o‘rinbosari O.Xakimov olib bordi. Shahrimizda 18 - noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida shaharda namunali tarzda madaniy-ma'rifiy tadbirlarni o‘tkazish kerakligi xususida so‘z yuritdi. Hamda mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.