“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O'YINI O'TKAZILDI
Bugun, 17-noyabr kuni shahar hokimligi, shahar Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan shahar Xalq demokratik partiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Unda shahar hokimi o‘rinbosari O.Xakimov, shahar hokimi maslahatchisi O.Xotamova, shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari D. Bahronova, shahar Ma'rifat targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi Q.Karimova, 7551-sonli harbiy qism, 12-sonli jazoni ijro etish koloniyasi, 36-sonli manzil koloniyasi, shahar Tibbiyot texnikumi va shahar Axborot-kutubxona markazi jamoalari ishtirok etdi.
G‘olib jamёoalar va ishtirokchilar shahar Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.