SHAHAR HOKIMI QURUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov mutasaddi rahbarlar, quruvchilar ishtirokida shtab yig'ilish o'tkazdi. Unda shahrimizdagi 13-, 14- kichik tumanlarda barpo etilayotgan ko'p qavatli uylar, qurilish ishlari davom etayotgan obyektlar, qurilish sohasidagi istiqbolli loyihalar, shuningdek, manzillarda obodonlashtirish, tozalik ishlari holati muhokama qilindi. Hamda ko'rilgan masalalar yuzasidan tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.