Mahallalarda obodonlashtirish, tozalash, hashar tadbirlari davom etmoqda. Xususan, 19-kichik tuman hududidagi ichki yo‘l yonlarida tozalash, maxsus texnikalar yordamida tekislash ishlari amalga oshirilmoqda. Shahar hokimi o‘rinbosari О.Хakimov, shahar Ma’naviyat-ma’rifat bo‘linmasi rahbari D.Bahronova, Yulduz mahalla raisi Z.Ikromov tomonidan aholi xonadonlarida tozalik va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish yuzasidan fuqarolar bilan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.






