Viloyat nuroniylar jamg'armasi raisi Sh. Nabiyev, Respublika ishchi guruh vakili J.Mavlonov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Shoxmirzayev, shahar prokurori Sh.Shernazarov Yangi Zarafshon mahallasida "Obod xonadon", " Obod ko'cha", "Obod mahalla" mezonlari asosida olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi. Shuningdek, mahalla binosida o'tkazilgan uchrashuv davomida belgilangan vazifalar yuzasidan mas'ullarning hisoboti ko'rib chiqildi hamda tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.