









Bu borada bugungi kunda Muruntov mahallasida ichki yoʻllarini taʼmirlash, asfaltlash boʻyicha amaliy ishlar qilinmoqda.
Bugun mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish maqsadida Zarafshon shahar 1-sektor rahbari, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov asfaltlash ishlari ketayotgan manzilga bordi. Loyihalar bilan tanishdi. Fuqarolar bilan samimiy muloqatlar qilindi. Muloqotlar davomida mahalla fuqarolari uzoq yillar davomida aholi uchun qiyinchilik tugʻdirgan - yozda chang, qishda loy koʻchalar bugun obod bo'layotganligidan xursand ekanliklarini ta'kidladi.
Ayni vaqtda, mazkur ishlar doirasida yo‘llarda asfaltlash ishlari davom etmoqda.