
Xususan, Navoiy shahrida fan olimpiadasining uchinchi, viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Zarafshon shahridagi 13-AFCHOʻI maktabining 5 nafar oʻquvchilari fan olimpiadasining uchinchi bosqichida ishtirok etishdi. Bu yilgi fan olimpiadalari ham har yilgidan ko'ra murosasiz kechdi. Fan olimpiadasining viloyat bosqichi shaffof, ishonchli va halol oʻtkazilishi natijasida 13-maktabning besh nafar oʻquvchilari viloyat bosqichida munosib oʻrinlarni egallashdi hamda 4 nafar oʻquvchi 1-,2-,3- oʻrinlarni qoʻlga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Umidli oʻquvchilarimizni yuqori natijalar bilan qutlaymiz.