DataLife Engine / HECH KIM MEHR-MURUVVAT VA E'TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI

HECH KIM MEHR-MURUVVAT VA E'TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI

HECH KIM MEHR-MURUVVAT VA E'TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI

Ma'lumki, BMTning 1992-yil 14-oktabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 3-dekabr sanasi butun dunyoda "Xalqaro nogironlar kuni" etib belgilangan.

Bugun "Obod xonadon", "Obod ko'cha", "Obod mahalla" mezonlari asosida Yangi Zarafshon mahallasida nogironligi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari O.Xakimov so'zga chiqib, mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor shaxslarga jamiyat va davlat tomonidan ko‘mak berish, ularni ijtimoiy- siyosiy hayotga faol jalb etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Ijtimoiy davlat barpo etish” g‘oyasi ko‘p millatli xalqimizning yakdil qo‘llab-quvvatlashi bilan yangilangan Konstitutsiyamizda ham alohida tamoyil sifatida qayd etilgani, aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish sifatini tubdan oshirish maqsadida Respublikamizda xususan, Zarafshon shahrida  “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tashkil etilgani alohida ta’kidlandi. Bayram tadbirida dasturxonga milliy taom - osh tortildi.







2-12-2023, 18:40
Вернуться назад