Zarafshon shahar 8-IATKCHO'IM 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag'ishlab “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida hamda 10-dekabr -O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirga Zarafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari F.Imomov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar bo'linmasi rahbari D.Bahronova, Oltin vodiy gazetasi bosh muharriri G. Bobomurodova, shahar MMTB xodimlari, mahalla raisi, hokim yordamchis va yoshlar shtirok etdi.
Tadbirda vatan, davlat ramzlarini madh etuvchi she'r, qo‘shiqlar kuylandi, sahna ko‘rinishlari ijro etildi.