





Tadbirda shahar hokimi o'rinbosari L.Tursunova ishtirokchilarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Bayram archasi bezatilib, bayramga atab she’r, qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Shuningdek, bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi. Qorbobo va qorqizning chiqishlarini bolajonlar zavq bilan tomosha qilgan bo‘lsalar, turli ertak qahramonlarining ko‘rsatgan tomoshalari ularga olam-olam quvonch baxsh etdi. Bayram tadbiri shahar madaniyat bo‘limining xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar bilan davom etdi.