





- Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida 2023 yil 9 oy davomida jami 6989 nafar bemorlar davolanib chiqqan, shundan 1744 nafar bolalar, 5245 nafarini kattalar tashkil qiladi. Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi qoʼshma shikkastlanish va oʼtkir qon tomir kasalliklar boʼlimida 2023 yil davomida 2381 nafar bemor davolangan boʼlib, shundan 552 nafar bemorda jaroxlik amaliyoti oʼtkazildi, travmatolog E.Аxadov va Travmatolog vrachi yordamida 96 nafari yuqori texnologiya jarroxlik amaliyotlar amalga oshildi. Yelka, son boldir, suyaklarini bloklovchi intramedulyar osteosintezlash operatsiyalari 27 ta, chanoq suyaklarini ochiq usulda osteosintezlash jarroxlik amaliyoti 3 ta, tizza boʼgʼimni total endoprotezlash jarroxlik amaliyoti 2 ta, chanoq son boʼgʼimni total endoprotezlash jarroxlik amaliyoti 3 ta, 2023-yilning 10-sentabr sanasida Zarafshon shahar Politravma va oʼtkir qon tomir kasalliklari markazida RShTYoIM Transplantologiya markazi mutaxassislari ishtirokida buyrak transplantatsiyasi amaliyoti oʼtkazildi. Bundan tashqari “Uretrolitotripsiya” jarrohlik amaliyoti Urolog-shifokori
T. Inoyatullaev va Zarafshon shaxar Tibbiyot birlashmasi jaroxlar ishtirokida 21 nafar bemorlarda “Transvezikaladenoektomiya” kabi nefrologik murakkab jarrohlik amaliyotlari Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan oʼtkazildi.
- “ Sogʼlom ona – sogʼlom bola “ maqsadli Dasturini amalga oshirish, aholi reproduktiv salomatligini va onalar sogʼligini mustaxkamlash maqsadida joriy yilning 9 oyida jami 22377 nafar fertil yoshidagi ayollarning 10517 (47,0%) nafari tibbiy koʼrikdan oʼtkazilib 660 (6,3%) nafarida turli ekstragenital kasalliklar aniqlandi.
- Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining № 5130 sonli qaroriga asosan 7451 nafar ayol onkoskriningdan oʼtkazilib, 723 nafar 45 yoshdan oshgan ayollarda mamografik tekshiruvi oʼtkazildi, shundan 5 nafarda oʼsma kasalligining erta bosqichlarda aniqlashga erishildi. 517 nafar ayolda kolposkopik tekshiruv oʼtkazilib, 31 nafarida bachadon boʼyni rak oldi kasalliklari aniqlanib viloyat onkologiya markaziga qoʼshimcha tekshiruv uchun yuborildi.
- 2023 yil “Tashabusli byudjet” loyixasi boʼyicha Travmatologik amaliyotlarini oʼtkazish uchun Аrtroskop apparatini 379 999 998.00 soʼmga, Ozonator apparatini 20 800 000.01 soʼmga, UVCh-terapii apparatini 21 000 000.00 soʼmga elektron birja orqali xarid qilindi.
Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi boshligʼi: А.R.Karamatov