FUQAROLARNING MUROJAATLARI SHAHAR HOKIMI NAZORATIDA
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov murojaatlarni oʻrganish, ularga yechim topish maqsadida 15-yanvar kuni fuqarolar bilan uchrashdi.
Masʼullar ishtirokida oʻtkazilgan qabul davomida fuqarolar murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuncha va tavsiyalar berib o‘tildi. Murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olinishi va ijobiy hal etilishi bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.