







"Yulduz" madaniyat markazida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyulda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi O‘RQ-699-son Qonuni mazmuni, mamlakatimizda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Yoshlarni tahdidlardan saqlanishning yagona yo‘li ma’rifat ekanligi, ilm-ma’rifat ulashish, yaratilayotgan sharoitlarga shukronalik hissi bilan yashash to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.