Seminarda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar bo‘limi rahbari D.Bahronova, shahar din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Hamdamov, shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i M.Tursunova, shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari N.Haydarovlar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
Ushbu o‘quv seminarining maqsadi, shahardagi umumta'lim maktablarida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash, tarbiyaviy ishlar natijadorligini oshirishdan iborat. Seminarda maktab direktorlari, maktabgacha ta'lim tashkilot rahbarlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixologlar, tarbiyachilar, ota-onalar va yoshlar ishtirok etdi.






