Unda viloyat prokurori Azamat Mirzayev, viloyat IIB boshlig‘i Azat Tasbayev, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sunnatillo Nazarov, departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i Otabek Ruziyev, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, barcha sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, mutasaddi rahbarlar, muassasa rahbarlari, tadbirkorlar, quruvchilar, elektr va gaz korxonalari mas’ullari ishtirok etishdi.
Seminarda yashil energiyani yo‘lga qo‘yish, quyosh panellari, suv kollektorlari, tejamkor gaz yoqish uskunalari kabilarning o‘rnatilishi natijasida aholi va tashkilotlarda energoresurslarni tejash bilan birga, xarajatlarni kamaytirish va daromad keltirishi haqidagi fikrlar mavjud faktlar asosida keltirildi.
Ishtirokchilarga elektr va gaz korxonalari mas’ullari tomonidan kerakli ma’lumotlar berildi.













