✔️Birinchi galda shaharda kommunal sohadagi ishlar tahlili, shirkatlar faoliyati, oldingi yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘rib chiqildi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar faoliyati tanqid qilinib, ularga ogohlantirishlar berildi.
✔️Shuningdek, shaharda obodonlashtirish ishlarini olib borilishi, shahar jozibadorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Bu sohada ham sustkashlikka yo‘l qo‘ygan soha xodimlari faoliyati tanqid qilinib, ularga qattiq ogohlantirishlar berildi.
✔️Shahardagi mahalla raislari faoliyati ko‘rib chiqildi. Aholi tashabbuskorligini oshirish, o‘z uyi atrofini tozaligini saqlash masalalari muhokama qilindi. Hamda bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga aniq muddatli topshiriqlar berildi.








