#yangilik_
12-avgust kuni Zarafshon shahar Oltintoj istirohat bog‘ida yangi zamonaviy qulayliklarga ega samokatlarni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar prokurori Shavkat Shernazarov, shahar IIB boshlig‘i Sardor Latipov, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari, nuroniylar va fuqarolar ishtirok etdi.
Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni davlatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. Yurtimizda davlatimiz rahbari rahbarligida inson qadri ulug‘lanayotganligi, fuqarolarni munosib hayot kechirishi uchun barcha sohalarda izchil islohotlar olib borilayotganligi, shuni natijasi o‘laroq, shahrimizda ham barcha sohalarda bir qator o‘zgarishlar bo‘layotganligi xususida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng barcha yig‘ilgan nuroniylar, fuqarolar va yoshlar samakatlarni ishlash funksiyasi bilan yaqindan tanishishdi.
Ma'lumot uchun shuni aytish kerakki, samokatlardan foydalanish uchin Mobil telefon raqam orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Foydalanish uchun balans CLICK yoki Paymi orqali to‘ldiriladi. Tegishli samokat tanlanib, QR-kod YOTO ilovasiga kiritiladi va "faollashtirish" ("активировать") tugmasi bosiladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha "YOTO GOPR" MCHJ To‘xtasin Adizov tomonidan, hokim yordamchisi Sardorjon Ebotovning tavsiyasi asosida amalga oshirildi.