✔️Sessiyada shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
✔️Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar ko‘rildi.
☑️2024-yil yanvar-iyul oylarida investisiya, eksport yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati
☑️Shaharning 2024-yil birinchi yarim yilligida mahalliy budjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlari va xarajatlarini ijrosi tahlili
☑️Shaharni ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida uy-joy fondini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati
☑️Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisida
☑️Shahardagi Yangi Zarafshon mahallasi hududida, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi оbodonlashtirish boshqarmasi tomonidan “Mening bog‘im” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida masalalar ko‘rildi.
✔️Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya ishi facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali onlayn efirga uzatib borildi:
https://www.facebook.com/share/v/aqquNmTGF6Ep9nGG/?mibextid=oFDknk










