DataLife Engine / Jarayon

Jarayon

#Jarayon

Davlat rahbari tomonidan 2024-yil 17-iyul kuni “Hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur'atlarini ta'minlash  bo‘yicha 2024-yilning birinchi yarim yilligi tahlili va yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida” o‘tkazilgan majlisi 
33-sonli bayoni 9-bandidaga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi  hamda Departamentga Zarafshon shahriga ajratilgan kredit, subsidiya va davlatdan berilgan resurslar samarasini tahliliy o‘rganish belgilangan.

Shunga ko‘ra, bugun Zarafshon shahar hokimligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Departament rahbari Sh.Sohibnazarov, Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i O.Ruziyevlar tomonidan shaharda amalga oshirilayotgan loyihalar, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan kredit va subsidiya mablag‘lari, soliq tushumlarining ahvoli to‘g‘risida sektor rahbarlari va mutasaddi rahbarlar bilan muhokama qilindi. Bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.






24-08-2024, 18:40
Вернуться назад