Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar prokurori Sh.Shernazarov, mutasaddi tashkilotlar ishtirokida shahrimizda yangidan qurilib, fuqarolar foydalanishiga topshirilayotgan ko'p qavatli uylar nazorat qilindi.
Ko'p qavatli uylarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari holati, bolalar maydonchalari, chiqindi shaxobchalari bilan ta'minlash, aholiga qulayliklar yaratish bo'yicha ishlar nazorat qilinib, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.








