O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi Qarori hamda Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari” turnirining ochilish marosimida musobaqani 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qilinishi mamlakatimizda kibersport yanada rivojlantirish borasida ustuvor vazifalarni belgiladi.
Berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalari doirasida Zarafshon shahar "Yulduz" MFY dagi 13-sonli maktabda sportning kibersport turi bo'yicha sektor kubogi o'tkazildi. Unda Respublika ishchi guruhi, shahar sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Musobaqa ochilish marosimi davomida o'quvchi-yoshlar tomonidan musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Shundan so'ng musobaqa ochib berildi. Unda jamoalar o'rtasida kibersportning turli yo'nalishlari bo'yicha murosasiz bellashuvlar tashkil etildi.













