Zarafshon shahar hokimi, shahar Ma'naviyat va ma'rifat kengashi raisi Nazirbek Rahmanov 3-sonli maktabda tashkil etilgan "Otalar-onalar yig‘ilishi"da ishtirok etdi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari, shahar Ma'naviyat va ma'rifat kengashi rais o‘rinbosari O.Xakimov, shahar Ma'naviyat va ma'rifat kengashi kotibi D.Bahronova, ota- onalar ishtirok etdi
Yig‘ilishda shahar kengash raisi kelajak avlod bugungi kunda ta’lim-tarbiya olishlari uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratilganligiga alohida to‘xtalib, farzandlarning odobi-axloqi borasida so‘z yuritdi. Shuningdek, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, IT sohaga qiziqtirish hamda o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga tayyorlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Tadbir davomida faol o‘quvchi-yoshlarning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.









