DataLife Engine / #sayyor_qabul

#sayyor_qabul

#sayyor_qabul
#xalq_bilan_muloqot

✔️Mamlakatimizda “Inson manfaatlari-hamma narsadan ustun” tamoyili asosida  fuqarolarning ijtimoiy muammolari hal etilib, huquqiy va qonuniy manfaatlari ta’minlanmoqda. Ayni shu maqsadda tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabul Zarafshon shahrining Alisher Navoiy mahallasida bo’lib o’tdi. 

✔️Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Q.Radjabov va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i N.Safoyev hamkorligida tashkil etilgan qabulda fuqarolardan asosan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga davolanish va reabilitatsiya dasturini o‘tash uchun yo‘llanma berish, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordam ajratish, nogironlikni belgilash, ishga joylashtirish masalalariga doir murojaatlar qabul qilindi. 

✔️Kechgacha davom etgan sayyor qabulda fuqarolardan ijtimoiy himoya sohasiga doir 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Vaqt va mablagʻ talab etadigan muammolar ijrosini ta’minlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.












25-09-2024, 17:48
Вернуться назад