DataLife Engine / XALQ DEPUTATLARI SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

XALQ DEPUTATLARI SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

XALQ DEPUTATLARI  SHAHAR  KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

4-oktabr kuni Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sakson oltinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. 

Sessiyada shahar hokimi Nazirbek Raxmanov, shahar Kengashi deputatlari, shahar sektor rahbarlari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi. 

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar ko‘rildi.
✔️Shahardagi sektorlarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilgan ishlar tahlili
✔️Shaharda jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
✔️ Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi hamda shahar markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi tomonidan 2024-yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili
✔️Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish hamda sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati masalalari muhokama etildi. 
✔️Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.












4-10-2024, 16:00
Вернуться назад