Viloyat shahar sektor rahbarlari sanoat zonasida bo‘ldi
3-oktabr kuni viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sunnatillo Nazarov, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar prokurori Shavkat Shernazarov, shahar IIB bodhlig‘i Sardor Latipov shaharda tashkil etilayotgan 14 gektar maydonlik "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘lib, ushbu hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi hamda tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini birma-bir tinglashdi.
Har bir murojaatni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, barcha loyihalarni qisqa muddatlarda ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.