✅Marosim doirasida Navoiy viloyatining Nurota va Tomdi tumanlarida ham ikkita yirik loyihaga start berildi.
📍Xitoyning “Chayna Enerji" kompaniyasi tomonidan Nurota tumanida quvvati 600 MVt bo‘lgan gibrid elektr stansiyasini qurilishi boshlangan bo‘lsa, BAAning "Masdar" kompaniyasi tomonidan Tomdi tumanida 500 MW quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilib, bugun faoliyat boshladi. Tomdidagi ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, shuningdek, Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov ham ishtirok etdi.
👍O‘zbekistonda ishga tushgan ilk yirik quvvatli shamol elektr stansiyasi loyihasi Muhtaram Yurtboshimizning 2020-yil 22-dekabrdagi qarori asosida amalga oshirildi.
✨Ishonchli hamkorimiz bo‘lgan “Masdar” kompaniyasi tomonidan barpo etilgan elektr stansiya orqali yiliga 1 mlrd. 800 mln. kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Natijada yiliga 540 mln. kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishilib, atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
🤖 Mazkur mega loyihaning umumiy qiymati 650 mln dollarni tashkil etib, yuz foiz xorijiy investitsiya hisobiga amalga oshiriladi.