🏆Marosimni shahar hokimi o‘zining samimiy tilaklarini bildirgan holda ochib berdi. Shundan so‘ng shahar hokimi va sektorlar ramziy ma’nodagi to‘pga imzo qo‘yishdi.
⚽️Ushbu to‘p sport maktabining muzeyida saqlanadi. Ushbu marosimni “Uch avlod uchrashuvi” bo‘ldi deb ham aytish mumkin. Sababi, marosimda yoshlar va faxriylar futbol o‘ynadi. Sektor rahbarlari esa jarayonga guvoh bo‘ldi.
🟡Jarayonda shahar hokimligi tomonidan futbolchilarga futbol to’plari berildi. Shuningdek, sportchilar tomonidan sektor rahbarlariga ularning ismlari yozilgan futbolka tuhfa qilindi.
🏆Eslatib o‘tamiz, ushbu sport maydoni sport maktabi hududida Tashabbusli byudjet loyihasi asosida 850 mln.so‘m mablag‘ evaziga barpo etildi.


























