❄️ Shahar hokimi boshchiligida "Yangi yil" bayrami munosabati bilan Qorbobo va Qorqiz tomonidan bolajonlarga bayram sovg‘alari berilib, bayramona shukuh ulashildi.
❄️Shahar hokimi barchani tobora yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklab, kelgusi yilda barcha orzu-umidlari amalga oshishida tilakdosh ekanligini bildirdi.
❄️Ushbu tashrifdan bolajonlarning kayfiyati ko‘tarilib, qorboboga o‘zlarining yangi yilga atalgan she’rlarini aytib berdilar.







