Bugun, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan ushbu ko’rik-tanlovda faxrli I o’rinni egallagan Marhabo Nosirova, shuningdek, faol ishtirok etgan 12-maktab o’quvchisi E’zoza Muzaffarova Prezident sovg’alari bilan taqdirlanib, ularning ustozi hamda ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi.
🗺Shahar hokimi dunyodagi rivojlangan mamlakatlar bugungi kunda raqamli texnologiyalar orqali boshqarilayotganligini hamda qizlarimiz uchun uydan turib ishlashga imkoniyat borligini, Zarafshonda axborot texnologiyalari yo’nalishida ayniqsa, qizlarning o’qitilishi ularning kelajak hayotda munosib o’rin topishiga yordam berishini, shuningdek, Zarafshonni IT shahriga aylantirish lozimligini ta’kidladi.







