DataLife Engine / ZARAFSHONDA JAMOAT TRANSPORTI KO‘PAYMOQDA

ZARAFSHONDA JAMOAT TRANSPORTI KO‘PAYMOQDA

Bayram oldi shahrimiz aholisi uchun yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi. 

🚍 Zarafshon shahrida jamoat transporti harakatini tashkil  maqsadida shahardagi jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun 2 ta yangi avtobus olib  kelindi.

🚍 Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov ushbu avtobuslarni ko’zdan kechirar ekan, avtobusda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun barcha qulayliklar mavjud ekanligini ta’kidladi. Xususan, yo’lovchilar  hamda nogironligi bor shaxslar uchun   kondisioner, USP-port,kuzatuv kamerasi, maxsus panduslar mujassam.

💬Ma’lumot o‘rnida, Zarafshon shahrida shu paytgacha aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlami uchun 5 ta jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

 ☄️Endi bunday transportlar soni 7 ta bo‘ldi. Olib kelingan yangi avtobuslar shahrimiz aholisi uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi deyish mumkin.







25-12-2024, 11:30
Вернуться назад