🔴Zarafshon shahrida shahar hokimi, shahar Ma'naviyat va ma'rifat Kengash raisi Nazirbek Rahmanov boshchiligida birinchi Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.
🏦Yig‘ilishda shahar hokimi o‘rinbosari, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi o‘rinbosari S.Uvaytov, senator A.Tumishova, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari A.Muqimov, shahar kengashi a’zolari, shahardagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, ma'naviy-ma'rifiy soha vakillari ishtirok etdi.
🔗Kengash yig‘ilishida shaharda ijtimoiy ma'naviy-muhitni sog‘lomlashtirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 26-martdagi “Ma'naviy va ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
☀️Aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida ma'naviy fazilatlarni yuksaltirish, oilada, mahallalarda hamda jamoat tashkilotlari bilan hamjihatlikda ishlash albatta, ma'naviy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlarimizning samaradorligini oshirishda muhim o‘rin egallashi ta'kidlab o‘tildi.
🖼Bundan tashqari 2025-yilda Navoiy viloyatida Navoiy yili deb eʼlon qilinganligi, 2025-yilda olib borilishi lozim bo‘lgan aniq masalalar, umumtaʼlim maktablarida tartib va intizomni mustahkamlash, bu borada maktab direktorlari masʼuliyatini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
👉Kengashda ma'naviy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan birga tashkilotlarda kamchiliklar ham mavjud ekanligi ham aytib o‘tildi. Hamda ko‘rilgan masalalar yuzasidan kengash kotibi va mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berilib, kerakli qarorlar qabul qilindi.
✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati