Jarayonda mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shahar hokimi mahalla yettiligiga qarata muammolar, avvalo, mahallada hal etilishi kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, mahalla yettiligi mahalladagi har bir fuqaroni rozi qilishi, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Kambag‘allikdan farovonlik sari" ezgu shiori ostida aholi farovonligi, bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, kambag‘allikdan chiqarish hamda bu borada mahalla yettiligi oldidagi muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.







