Bugun shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar sektor rahbarlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan yuzasidan shtab yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda aholi bandligini ta’minlash, daromadi past oilalarning daromad manbalarini yaratib, oila budjetini oshirish, moddiy va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullarning hisoboti tinglandi.
Shuningdek, migratsiyadan qaytgan va ayni paytda xorijda bo‘lib turgan fuqarolar bilan ishlash va amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
Shahar hokimi tomonidan mahallalarda kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga bir qator tavsiya va topshiriqlar berildi.